24-iyul kuni Malayziya klublar terma jamoasi “Liverpul” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
O‘zbekistonlik hujumchi Farhod Tojiyev “Liverpul”ga qarshi o‘yin uchun Malayziya klublar terma jamoasiga chaqiruv olgan. Malayziya klublar terma jamoasiga mamlakat chempionatida o‘ynayotgan eng yaxshi legionerlardan 5 nafari chaqirilgan. Ular orasida “T-Tim” sharafini himoya qilayotgan Tojiyev ham bor.
Farhod hozircha 14 ta gol bilan chempionatda to‘purar bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, bu o‘yin 24-iyul kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Bukit Jalil” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)