Yaponiyalik olimlar 3D-printerda futbolchi Krishtianu Ronalduning silikon nusxasini chop etdi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.
Futbolchining “egizagi” uning bo‘yi barobar (1,85 metr) tayyorlangan bo‘lib, ko‘zi va qovog‘ini qimirlata oladi. Olimlar Ronalduning tanasini aniq o‘xshatish uchun 110 ta mikrokameradan foydalanib, 3D-skanerlash usulini qo‘lladi.
Portugaliyalik “yulduz”ning o‘ziga uning silikon egizagi ma’qul keldi. “Xuddi o‘zimga o‘xshaydi. Ya’ni men kabi qoyilmaqom ko‘rinishda”, — deya kamtarona ta’kidlagan u.
Izoh (0)