“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokutsso Rosario shahridagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Manbada keltirilishicha, 27 yoshli ayol infeksiya tufayli shifoxonaga tushib qolgan. Shifokorlar kasallik uning homiladorligiga ta’sir qilmasligini aytmoqda. Kechroq Messining o‘zi shifoxonaga yetib keldi.
Messi, Rokutsso va ularning ikki yoshli farzandi Tyago Amerika kubogi finalidan so‘ng jonajon Rosario shahriga, qarindoshlari oldiga kelgan edi.
Izoh (0)