Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi Syuzanna Mushatt Jons 116 yoshga to‘ldi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, Jons hozirgi vaqtda hayot bo‘lgan kishilar orasida jahonning eng keksa odami hisoblanadi.
Syuzanna 1899-yil 6-iyul kuni tug‘ilgan bo‘lib, 2015-yil 17-iyun kuni — 115 yoshu 346 kunligida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan.
Keksa ayol uzoq umr ko‘rishiga barqaror uyqu sabab bo‘lganini ta’kidlaydi. U ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan va deyarli eshitmaydi, biroq imkon qadar faol turmush tarzini olib borishga intiladi.
Syuzanna o‘n yil avval Housing Authority nashriga intervyu berib, shunday degandi: “Men hech qachon chekmaganman va spirtli ichimlik ichmaganman. Atrofimni muhabbat va ijobiy energiyaga to‘ldiraman, aynan shu narsa uzoq va baxtli hayot kalitidir”.
Jonsning oilasi katta, uni erkalab “Ti” (ingliz tilidagi “auntie” – “xolajon”) deb chaqirishadi. Syuzannaning 100 nafar jiyani bor.
Izoh (0)