Maliya Obamani “Qizlar” serialining suratga olish maydonida ko‘rishgan. AQSh prezidentining qizi bu yerda yordamchi bo‘lib ishlamoqda. Bu haqda TMZ’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Jurnalistlar Maliyani HBO kanali Bruklinda suratga tushirayotgan teleloyihada payqab qolgan. Aytish joizki, bu uning ilk ish tajribasi emas: o‘tgan yoz Xolli Berri bosh rolni ijro etgan “Chegara ortida” serialida ham yordamchilik qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Barak Obama va uning rafiqasi Mishel ikki qiz – 17 yoshli Maliya Enn va 14 yashar Natashani tarbiyalamoqda.
Izoh (0)