AQShning Kolorado shtatida “tez yordam” vertolyotining qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. “RBC.ru” xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs havo kemasining uchuvchisi edi.
Hodisa vertolyot mahalliy tibbiyot markazi yaqinidagi maydonchadan havoga ko‘tarilishga uringan vaqtda yuz bergan. U taxminan 30 metr balandlikka ko‘tarilganidan so‘ng, avtoturargohga qulagan.
Qulashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan, vertolyot ichida bo‘lgan shifokor va hamshira tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Vertolyot bortida bemorlar bo‘lmagan.
Hozirgi vaqtga kelib qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Halokat sabablari o‘rganib chiqilmoqda.
Izoh (0)