Angliyaning Truro shahrida hojatxonalardan qo‘rqadigan 16 yoshli qiz yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qiz patologik qo‘rquvi sabab sakkiz hafta davomida hojatxonaga bormagan, natijada organizmidagi organlar joylashuvi o‘zgarib, oxir-oqibat yurak xurujiga sabab bo‘lgan.
Patologoanatom Amanda Jeffrining so‘zlariga ko‘ra, qizda asosan yosh bolalar uchun xos bo‘lgan “stulni ushlab turish” hodisasi kuzatilgan. Qiz hayotligida shifokorlar uning qo‘rquvi sababini aniqlay olishmagandi.
Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, agar zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganida, Emilining hayotini saqlab qolish mumkin edi. Biroq onasining so‘zlariga ko‘ra, qiz shifokorlarning har qanday aralashuvini qat’iy rad etgan.
Izoh (0)