Germaniyaning Spiegel jurnali tahririyati AQSh maxsus xizmatlari nishonida bo‘lgan. Bu haqda Spiegel Online internet-nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
2011-yil yozida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Germaniya kansleri muassasasi maxsus xizmatlar ishini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Gyunter Xaysni go‘yoki jurnalning hukumatda aloqalari borligi to‘g‘risida ogohlantirgan.
Spiegel AQSh maxsus xizmatlari tahririyat telefon qo‘ng‘iroqlarini eshitib borgan deb hisoblamoqda va 3-iyul, juma kuni Karlsruedagi mamlakat bosh prokuraturasiga tahririyatga nisbatan ayg‘oqchilik faoliyati yuritilganligi bo‘yicha gumon va telefon muzokaralari sirinining buzilishi yuzasidan shikoyat bilan murojaat qildi.
Izoh (0)