Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili Vladimit Markin Twitter’da Mixail Xodorkovskiyning unga qarshi yangi tergov haqida bergan savoliga javob qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi 1998-yili Nefteyugansk meri Vladimir Petuxovga nisbatan uyushtirilgan suiqasd yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini qaytadan boshlagani va bunda Xodorkovskiyni qotillik tashkilotchisi sifatida ko‘rib chiqishayotgani xabar berilgan edi.
Bunga javoban, Xodorkovskiy: “Bu Gaaga sudi ijrosiga nisbatan reaksiyami yoki Rossiyaning Putindan keyingi kelajagi haqidagi maqolalargami?” — deya savol bergan edi.
“Tergov qo‘mitasi siyosatga qiziqmaydi. Biz faqat Xodorkovskiyning ishtirokini isbotlovchi dalillarga bog‘liq moddalarni o‘rganmoqdamiz. Ular faqat jinoiy ekanligi esa bizning aybimiz emas”, — deb yozdi Markin unga javoban.
Izoh (0)