Kaliningrad viloyatiga ishchi tashrifi davomida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev kortejdagi avtomobillardan birini o‘zi boshqardi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Rulida Medvedev bo‘lgan avtomobildan tashqari, bosh vazir kortejida yana 15 ta mashina, jumladan tez yordam va Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasining patrul avtomobillari harakatlandi.
Nashr eslatishicha, 2011-yilda Qozonga qilgan tashrifi chog‘ida ham Medvedev avtomobilni mustaqil boshqargan edi. Biroq u salondan tushgach, mashina to‘g‘ri olomon tomonga yurib ketgan, xavfsizlik xodimlari esa uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh (0)