Belarus parlamenti mamlakat prezidenti saylovini 2015-yil 11-oktabr kuniga belgiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Belarus konstitutsiyasiga muvofiq, prezident besh yil muddatga saylanadi va qasamyod qilgan vaqtdan boshlab vakolatini bajarishga kirishadi.
Avvalroq Belarusning amaldagi prezidenti, 60 yoshli Aleksandr Lukashenko navbatdagi – beshinchi muddatga prezident etib qayta saylanish maqsadida ekanligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)