Xalqaro valyuta jamg‘armasi Gretsiya tomonidan 1,5 milliard yevrolik navbatdagi transh to‘lovi amalga oshirilmaganini ta’kidlamoqda, deb yozadi “Gazeta.ru” jamg‘arma bayonotiga tayanib.
To‘lovni yopmagani uchun Gretsiya qarzi uzilguniga qadar XVJ tomonidan moliyalashtirilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Jamg‘armadagilar, shuningdek, Gretsiya kreditlar bo‘yicha to‘lovlar muddatini uzaytirish haqida iltimos qilganini aytdi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Yevropa moliyaviy barqarorlik jamg‘armasi Gretsiyaga navbatdagi 1,8 milliard dollarlik transhni to‘lashdan bosh tortgan edi.
Izoh (0)