“Real” klubi va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘g‘lining 5 yoshga to‘lishi munosabati bilan Bagama orollarida bayram uyushtirib berdi, deb xabar qiladi “Nur.kz”.
Kichik Krishtianu Ronaldu 2 haftacha oldin o‘z tug‘ilgan kunini otasi va bir necha enagalari hamrohligida ekzotik joyda nishonladi.
30 yoshli futbol yulduzi kun bo‘yi o‘g‘li bilan quyoshda toblanib, Atlantika okeani suvlarida cho‘mildi. Ota-bola plyaj futboli o‘ynashni ham unutmadi.
Eslatib o‘tamiz, kichik Krishtuani Ronaldu 2010-yil 17-iyunda surrogat (sun’iy) onalik yordamida dunyoga kelgan.
Izoh (0)