Londonning “Chelsi” klubi sharafini 11 yil davomida himoya qilgan tajribali darvozabon Petr Chex poytaxtning boshqa bir jamoasi – “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi. Chex “kanonirlar” bilan ko‘p yillik kelishuvga imzo chekkan, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining transferi “Arsenal”ga 11 million funt sterlingga tushgan. Darvozabonning o‘zi esa yangi klubida haftasiga 100 ming funt maosh oladi. Bu bilan u “Arsenal” tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonga aylanadi.
Petr Chex “Chelsi” libosida 485 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan. Jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)