Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan argentinalik fermer Santyago Menendes futbolchi Lionel Messining ismini tilga olish orqali o‘limdan qutulib qolganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Fermer o‘tgan hafta Nigeriyada noma’lum qurolli kishilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Uning aytishicha, o‘g‘rilar bilan aloqaga kirishish uchun Messining familiyasini baqirib aytgan. Ikki sutkadan so‘ng Menedesni pul evaziga qo‘yib yuborishgan.
Izoh (0)