Hindistonning Mumbay shahridagi Churchgate temiryo‘l stansiyasida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Poyezd mashinisti boshqaruvni yo‘qotib, harakatdagi tarkib bilan birga platformaga chiqib ketdi, deya xabar bermoqda Vesti.ru.
Hodisa natijasida olti kishi jabrlandi. Ularga jiddiy zarar yetmagan, jabrlanuvchilarga shu kunning o‘zidayoq kasalxonadan ketishga ruxsat berilgan.
Oxiri fojeali tugashi mumkin bo‘lgan hodisa videoyozuvi internetda paydo bo‘lgan. Kadrlarda tezlikni pasaytirishga ulgurmagan poyezd qanday qilib platformaga “sakrab chiqib ketgani”ni ko‘rish mumkin. Unda deyarli yo‘lovchi bo‘lmagan, vagonlar xuddi ostida bomba portlagandek havoga ko‘tarilib ketgan.
https://youtu.be/c5AokohoasE
Mazkur holat sabab temiryo‘ldagi harakat bir necha soatga to‘xtab qolgan, mashinist va stansiya rahbari esa tergov-surishtiruv ishlari yakuniga yetguniga qadar egallab turgan lavozimlaridan chetlatilgan. Hodisaga aynan nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)