Suiqasd natijasida Misr prokurori Hisham Barakat tan jarohati oldi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
“Al-Yaum as-Sabia” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt Qohiraning Geliopolis mavzesidagi harbiy fakultet binosi yoniga qo‘yib ketilgan portlovchi qurilma bosh prokuror korteji o‘tayotgan vaqtda ishga tushgan.
Xabar berishlaricha, bosh prokuror Barakat kasalxonaga yetkazilgan. Portlash natijasida yaqin atrofda bo‘lgan bir necha avtomobilga ham zarar yetgani aytilmoqda.
Izoh (0)