AQShning Massachusets shtati Pleynvill shahrida yengil motorli kichik samolyot halokatga uchrashi natijasida uch kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” huquqni muhofaza qilish organlari vakiliga tayanib.
Pensilvaniya shtatidan mahalliy aeroportga uchayotgan samolyotning dvigatelida nosozlik yuzaga kelgan. U to‘rt kishilik oila yashaydigan uy tomiga qulagan, binoda kuchli yong‘in chiqqan.
Halokat chog‘ida oilaning barcha a’zolari uyda bo‘lgan, biroq ular hech qanday shikastlanish olmay, darhol ko‘chaga yugurib chiqqan. Samolyot bortida bo‘lgan uch kishining barchasi halok bo‘lgan.
AQSh politsiyasi va Federal aviatsiya boshqarmasi hodisa yuzasidan tergov boshladi.
Izoh (0)