So‘nggi uch oyda rossiyaliklarning uchdan ikki qismi (63 foizi) oziq-ovqat sotib olishdagi odatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Bu haqda “Jamoatchilik fikri” jamiyati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari guvohlik bermoqda, deb yozadi Interfax.
So‘rov ishtirokchilarining 40 foizi arzon markadagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishni boshlaganini ma’lum qilgan bo‘lsa, 30 foizi xarid qilinadigan mahsulotlar miqdorini kamaytirgan. Yana shuncha ishtirokchilar ba’zi mahsulotlardan butunlay voz kechgan bo‘lsa, 13 foizi do‘konlarga kamroq bora boshlagan.
Shu bilan birga, 35 foiz rossiyaliklar bu masalada hech qanday o‘zgarishlar qilmagan.
Izoh (0)