“Muzlik davri” va “Rio” multfilmlari orqali tanilgan rejissor Karlos Saldana yangi “Soyalar” (Shadows) loyihasi uchun ssenariy yozdi, deya xabar bermoqda Hollywood Reporter.
Kartina o‘yinli kino (live-action) va kompyuter grafikasi elementlarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda. Tayyor ssenariyni postanovkachi 20th Century Fox studiyasiga berdi.
Filmdagi voqealar kriptozoologiya — mavjud bo‘lmagan yoki afsonaviy jonivorlar, jumladan qor odami, Loxness maxluqi yoki xayoliy mushuklarni o‘rganuvchi norasmiy fan dunyosida sodir bo‘ladi.
20th Century Fox rejissorga g‘oya uchun 750 ming dollar to‘lagani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)