Faoliyati muvaffaqiyatli kechayotgan 42 yoshli aktrisa Kemeron Dias bo‘lajak farzandini deb Gollivud bilan vaqtincha xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Kemeron Dias 2015-yilning yanvarida Good Charlotte guruhi gitarachisi, 36 yoshli Benji Meddenga turmushga chiqqan edi. Xabar berishlaricha, juftlik nikohda baxtiyor hayot kechirmoqda va farzand ko‘rish niyatida.
US Weekly nashri xabariga ko‘ra, Dias yaxshi kechayotgan faoliyatida tanaffus e’lon qilib, bor e’tiborini shaxsiy hayotiga qaratish va farzand ko‘rishni maqsad qilgan. Mallasoch aktrisa o‘z agentlarini eng katta gonorarlar ham uning fikrini o‘zgartira olmasligi haqida ogohlantirgan.
Avvalroq jurnalistlar Kemeron allaqachon egizak farzandlarni kutayotgani, tug‘ilajak bolalardan biri o‘g‘il, ikkinchisi esa qiz ekanligi, shu sababli ham u shoshilinch ravishda erga tekkani haqida xabar tarqatgan edi.
Izoh (0)