Avstraliya suvlarida hajmi bo‘yicha faqat kit akulasidan ortda qoluvchi noyob akula turi vakilini tutib olishdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Bunday akula so‘nggi bor 1930-yillarda tutilgan edi.
6,3 metr uzunlik va uch tonna og‘irlikdagi akula 21-iyun, yakshanba kuni Viktoriya shtatidagi Portlend shahrida ovlandi. Baliqchilar akulani sotmasdan, olimlarga tadqiq qilish uchun topshirishga qaror qildi.
Akula noodatiy pushti-binafsha rangda bo‘lib, katta yassi burunga ega. U Melburn muzeyi olimlariga topshirildi.
Izoh (0)