Yerda Quyoshdagi chaqnashlar sabab yuz berayotgan magnit bo‘ronlari davom etmoqda. Bu haqda, Rossiya amaliy geofizika instituti ma’lumotlariga asoslanib, Korrespondent.net xabar bermoqda.
Mutaxassislar 21-iyun kuni Quyoshda kuchli portlashlarni qayd etgan. Yaqin kunlarda X tasnifiga oid eng kuchli, jumladan, proton chaqnashlari yuz berishi kutilmoqda.
24-iyun kuni quyosh faolligi sust va geomagnit maydon ham nisbatan sokin bo‘lishi kutilmoqda. “Kun davomida qisqa to‘lqinli radioaloqada uzilishlar bo‘lishi va qutb qalpog‘idagi qisqa to‘lqinli diapazonda radioto‘lqinlar yutilib ketishi mumkin”, - deydi institut vakili.
Izoh (0)