14-iyun kungi suv toshqinidan so‘ng daryoda suzib Ozarbayjongacha yetib borgan Tbilisi hayvonot bog‘iga tegishli pingvin uyiga jo‘natildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Gruziya OAVlariga tayanib.
Toshqin chog‘ida hayvonot bog‘idan to‘qqizta pingvin qochib ketgan, ularning sakkiztasini darhol topishgan.
Zoopark xodimlari yo‘qolgan pingvin ofat chog‘ida halok bo‘lgan deb o‘yladi, biroq bir necha kundan so‘ng hayvonot bog‘i belgisi tushirilgan qushni Ozarbayjondagi mashinalarga benzin quyish punktida ko‘rib qolishdi.
Qochoq qush ozuqa qidirib odamlar oldiga keldi, va uni Tbilisiga, o‘z hayvonot bog‘iga qaytarib yuborishdi.
Izoh (0)