Hindistonda soxta alkogoldan zaharlanish natijasida vafot etganlar soni 83 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Sutka davomida yana kamida 60 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Hodisa Mumbay yaqinidagi qishloqlardan birida sodir bo‘ldi. Hindistonliklar 17-iyun kuni kechqurun vino do‘konidan yasama ichimlikni sotib olgan. Ertasi kuni tongda ular qorindagi kuchli og‘riq va ko‘ngil aynishi bilan kasalxonaga keltirildi. Natijada 18-iyun kuni 20 kishi vafot etdi.
Qolgan jabrlanuvchilar shifoxonlarda og‘ir ahvolda yotibdi. Spirtli ichimlikni jami necha kishi ichgani noma’lum, kasalxonalarga zaharlangan bemorlar kelishda davom etmoqda.
Politsiya qasddan qilinmagan qotillik va noqonuniy savdo ayblovlari bilan uch kishini hibsga oldi.
Izoh (0)