Yaponiya yarim yil ichida AQShning to‘rtta Global Hawk josus droni (uchuvchisiz parvoz qiluvchi samolyoti)ni Misava harbiy bazasiga joylashtirishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ushbu dronlarning Guamdagi harbiy bazadan Yaponiyaga ko‘chirilishiga KXDR hududini havodan kuzatishni osonlashtirish zarurati, shuningdek, Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarda Xitoyning faollashgani sabab bo‘lishi mumkin.
Okinava aholisi oroldagi Amerika harbiy bazasiga qarshi chiqayotgani va bunga norozilik bildirayotgani sabab, AQSh ma’muriyati Yaponiyaning Misava harbiy bazasidan yanada kengroq foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda.
Izoh (0)