Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 11-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng BMT delegatsiyasi Ko‘ksaroy majmuida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 12-iyunga mo‘ljallangan.
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning uchrashuv va muzokaralari chog‘ida o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama etiladi.
Tashrif doirasida BMT Bosh kotibi Buxoroda ham bo‘lib, shaharning qadimiy tarixi va me’moriy yodgorliklari bilan tanishadi.
Izoh (0)