Farg‘ona tumanidagi “Shohimardonobod” qishloq vrachlik punkti hududdagi Novkent va Shohimardonobod qishloqlarining 7 ming 900 ga yaqin aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Shifo maskani “Salomatlik-2” loyihasi asosida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.
Bu yerda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, birinchi yordam ko‘rsatish, ambulator sharoitda sog‘lomlashtirish, emlash kabi tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli bajarilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi tushuntirish ishlari va profilaktika tadbirlari natijasida kasalliklarning oldi olinmoqda.
Izoh (0)