O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida Toshkent kashtalari – palaklari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Jahon” AAga tayanib “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Tadbirda o‘zbek xalqi boy tarixi va madaniyati hamda zamonaviy taraqqiyoti aks etgan noyob kashta namunalari namoyish qilinmoqda.
Taqdim qilingan artefaktlar Toshkent qo‘l kashtachilik maktabi tomonidan ishlangan XIX—XX asrlarning eng yaxshi qo‘l kashtalari namunalaridan iborat.
Ma’lumot uchun, qo‘l kashtasi O‘zbekistondagi eng qadimgi an’analardan biri hisoblanadi. Odatga ko‘ra, har bir qiz turmushga chiqquniga qadar o‘z qo‘li bilan 10 dan ortiq so‘zana – qo‘l kashta to‘qishi kerak bo‘ladi.
O‘zbek kashta san’ati asrlar davomida shakllangan 11 hududiy maktablardan iborat. Har bir hudud o‘z rangi, kashta naqshlari va badiiy uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Izoh (0)