FIFA tomonidan JCh — 2026 mezbonligini aniqlash bo‘yicha olib boriladigan ishlar muddati ortga suriladigan bo‘ldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Ayni vaqtda JCh mezbonligi uchun arizalar qabul qilishni boshlash bemavrid bo‘lar edi”, — deydi tashkilot bosh kotibi Jerom Valk.
2026-yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash bo‘yicha ovoz berish jarayoni 2017-yilda Kuala Lumpurda bo‘lib o‘tishi lozim edi. Ushbu musobaqaga mezbonlik qilishga da’vogarlar safida AQSh, Kanada, Meksika va Kolumbiya ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)