11-iyun kuni Yangi Zelandiyada davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi Avstriyaga qarshi maydonga tushadi. “Daryo”ning O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi manbasi bergan xabarga ko‘ra, “Sport” telekanali ushbu o‘yinni jonli efirda namoyish qilishni rejalashtirgan.
Telekanalning dasturlari ro‘yxatida nimchorak finaldagi O‘zbekiston U-20 — Avstriya U-20 o‘rtasidagi bahsning namoyishi ko‘rsatilmagan. Shunday bo‘lsa ham “Sport” ushbu o‘yinni ko‘rsatish uchun hamma narsani taxt qilib qo‘ygan.
Texnik nosozliklar kuzatilmasa, o‘zbekistonlik futbol muxlislari Avstriyaga qarshi uchrashuvni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” kanali orqali jonli efirda tomosha qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Avstriya bellashuvi 11-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:00 da boshlanadi.
Izoh (0)