Gollandiyaning Xertegenbosh shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 604 ming 155 yevrodan iborat bo‘lgan turnirning asosiy tur bahslari davom etmoqda, deb yozadi “Olamsport.com”. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik Denis Istomin ham ishtirok etayotgandi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi ilk davrada Joau Souzaga qarshi kortga chiqdi. Portugaliyalik raketka ustasi turnirning sakkizinchi tartib raqamli tennischisi sifatida qayd etilgandi. Istomin esa dunyo reytingida 81-o‘rinni egallab turibdi. Uch set davom etgan bahsda Denis raqibiga 2:6, 6:0, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)