Misr sudi Port-Said shahrida yuzaga kelgan tartibsizlik ishi bo‘yicha 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi “Championat.com”.
2012-yilning fevralida “Al Ahli” va “Al Masriy” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng stadionda yuzaga kelgan tartibsizliklarda 74 ishqiboz hayotdan ko‘z yumgan, yana 250 nafar futbol fanati turli tan jarohati olgandi. Port-Said shahri sudi bu ish bo‘yicha o‘z hukmini e’lon qildi.
Jami 73 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Ular orasida “Al Masriy” fan klubi a’zolari, politsiyachilar va “Al Masriy” klubining ba’zi xodimlari bor edi. 2013-yilning martida Misr sudi bu ish bo‘yicha 21 kishini o‘limga hukm qilgandi. Ammo bugun, 9-iyun kuni o‘tkazilgan yakuniy sud majlisda 20 kishi oqlandi, 39 kishi esa 5 yildan 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
11 kishiga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi esa tasdiqlandi.
Izoh (0)