Namangan shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat turnirning asosiy tur bahslari davom etmoqda, deb yozadi “Olamsport.com”. Musobaqada JAR, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Ukraina, Hindiston, Slovakiya, Chexiya, Germaniya, Polsha kabi davlatlardan kelgan tennischilar ishtirok etmoqda.
Ular orasida asosiy turda sakkiz nafar o‘zbekistonlik tennischi o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazayotgan edi. Ulardan teng yarmi mag‘lubiyatga uchradi. Albina Xabibulina va Vlada Yakshibarovadan so‘ng Arina Fols hamda Gulchehra Muhammadsiddiqova ham muxlislar safidan joy oldi. Arina rossiyalik Kseniya Likinaga 2:6, 0:6, Gulchehra esa yana bir rus tennischisi Veronika Kudermetovaga 0:6, 0:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova ilk bosqichda yana bir o‘zbekistonlik Polina Merenkovani 6:4, 6:1, musobaqaning uchinchi raketkasi Oqgul Omonmurodova qozog‘istonlik Yekaterina Klyuyevani 6:3, 6:1, to‘rtinchi raqam ostida harakat qilayotgan Sabina Sharipova esa ispaniyalik Nuriya Parrizas-Diasni 6:4, 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Izoh (0)