Qozog‘istondagi Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha agentlik davlat xizmatchilarining yangi Axloq kodeksini tayyorlamoqda, deb yozadi “Ekspress K”. U mansabdorlarga beriladigan sovg‘alar ustidan nazoratni kuchaytiradi.
Davlat xizmatchilari axloq kodeksida manfaatlar ziddiyatini bartaraf etish, hadyalar olish kabi masalalar aniq qilib belgilanadi.
“Boshqacha qilib aytganda, bo‘lg‘usi hujjat meritokratiyani himoya qiluvchi va davlat xizmatchilarini ortiqcha vasvasalardan qutqaruvchi bosh mexanizmdir”, — deyiladi xabarda
Izoh (0)