“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru Madrid aeroportida jomadonida 55 ming yevro naqd pul bilan ushlandi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
El Mundo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bojxonachilar Aveyruni tutib turishga majbur bo‘ldilar, chunki deklaratsiya qilmay olib o‘tish mumkin bo‘lgan summa 10 ming yevro qilib belgilangan. Futbolchining onasi bu pullar qayerdan kelganini belgilamadi. Shundan so‘ng 45 ming yevro olib qo‘yildi, Aveyru ruxsat berilgan 10 ming yevro bilan Portugaliyaga qo‘yib yuborildi.
Olib qo‘yilgan pullar, agar Ronalduning onasi ularni qayerdan kelganligini tushuntirib bersagina qaytarib beriladi.
Izoh (0)