“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “gol+pas” tizimi bo‘yicha Chempionlar Ligasi-2014/15 ning eng foydali o‘yinchisiga aylandi, deya xabar bermoqda “Stadion.uz”. Argentinalik futbolchi 13 ta o‘yinda 15 ochko to‘pladi (10 ta gol va 5 ta pas).
Ikkinchi o‘rinni “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalik futbol yulduzi 12 uchrashuvda 13 ball jamg‘ardi (10+3).
Ro‘yxatning davomida 10 ochkodan jamg‘argan bir yo‘la besh nafar futbolchi o‘rin egalladi: Neymar (“Barselona”), Luis Adriano (“Shaxtyor”), Luis Suares (“Barselona”), Tomas Myuller (“Bavariya”) va Yasin Braimi (“Portu”).
Messi samarali uzatmalar bo‘yicha birinchi o‘rinni jamoadoshi Andres Inesta bilan bo‘lishib oldi.
Izoh (0)