Polshaning Vrotslav shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Adham Ergashev kumush medal sovrindori bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
2014-yili Nankin shahri (Xitoy)da bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida bronza medali sovrindori bo‘lgan Adham Ergashev dast ko‘tarishda 124 kg, siltab ko‘tarishda esa 151 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, ikkinchi pog‘onadan joy oldi.
Mazkur musobaqada koreyalik sportchi birinchi, Turkiya terma jamoasi a’zosi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 2 yil avval ushbu arenada o‘zbekistonlik Ruslan Nuridinov va Ulug‘bek Alimov kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin va bronza medallariga (ikki kurash natijasiga ko‘ra) ega bo‘lgandi.
Izoh (0)