Moskvada tabib va folbin Juna Davitashvili 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Juna ikki kun komada yotdi, bugun esa vafot etdi. “Tez yordam” uni Arbatning o‘zidan olib ketgandi – u yeyishga narsa olib kelish uchun qo‘shni do‘konga chiqqanida, xushini yo‘qotdi. Kasalxonada uni operatsiya qilishdi, u yerda qon bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘lgan, bir necha kun avval uni uyga olib kelishgandi”, - deb yozadi aktyor Stanislav Sadalskiy Livejournal’dagi blogida.
Qayd etishlaricha, Juna tabiblikdan tashqari rassomchilik bilan shug‘ullangan, she’r va hikoyalar yozgan.
Izoh (0)