Braziliyaning Minas-Jerays shtati Belu-Orizonti shahridagi turar-joy mavzesiga ikki motorli samolyot qulab tushdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Pampulyas aeroportidan ko‘tarilgan samolyot ko‘p o‘tmay qulab tushgan. Havo kemasi bortida bo‘lgan 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Samolyot qulagan turar-joy binosiga jiddiy zarar yetgan va yong‘in boshlangan. Bino ichida bo‘lgan erkak jabrlangan va shifoxonaga yetkazilgan. Olov boshqa binolarga o‘tib ketishi oldidan o‘t o‘chiruvchilar uni o‘chirishga ulgurgan.
Ushbu hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)