Checheniston rahbari Ramzon Qodirov boks bo‘yicha mashg‘ulotlar vaqtida qovurg‘asini sindirib oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘tgan mashg‘ulotlardagi @iznaur_k926ra va @balu_k927ra bilan janglar vaqtida bir necha yaxshi zarbalarni qabul qildim. Zarbalar shu qadar yaxshi va aniq bo‘lganidan to‘rtinchi qovurg‘am ikki joyidan sinibdi”, - deb yozdi Qodirov.Qodirovning mashg‘ulotlardagi har ikkala hamkori Checheniston maxsus bo‘linmalarining jangchilari hisoblanadi. Aynan kim respublika rahbariga jarohat yetkazganiga Qodirov aniqlik kiritmagan.
“Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sport bilan shug‘ullanishda davom eting, sport – bu kuch”, - deya qo‘shimcha qiladi Ramzon Qodirov.
Izoh (0)