8-iyun, dushanba kuni Yaponiya sohillari yaqinida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” AQSh Geologik xizmatiga tayanib.
Yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 15:01 (Toshkent vaqti bilan 11:01)da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 44 km chuqurlikda, epitsentri Aomori prefekturasidagi Mutsu shahridan 64 km shimoli-sharqda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilganicha yo‘q.
Izoh (0)