“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning ma’lum qilishicha, Luis Enrike kelasi mavsum ham jamoa murabbiylar shtabidagi ishini davom ettiradi. Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.
Kataloniya klubi bilan so‘nggi mavsumda uchta sovrinni qo‘lga kiritgan mutaxassisning shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga yetadi. Berlinda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalidagi muvaffaqiyatdan so‘ng, murabbiy “Barselona”da qolish-qolmaslik borasida bir to‘xtamga kelmaganini bildirdi.
“Ortiqcha xavotirga tushishga hojat yo‘q, Luis Enrike ishini davom ettiradi. U mavsumni 10 ballik tizimda 10 10 ballga loyiq tarzda o‘tkazdi, shuning uchun ham u bilan shartnomani bekor qilishga biror sabab yo‘q”, - dedi “Barselona” rahbari.
Izoh (0)