Kataloniyaning “Barselona” klubida jamoa sardori o‘zgarishi mumkin. Klubga yaqin manbalarning xabar berishicha, rahbariyat bog‘ichning hozirgi egasi — darvozabon Mark-Andre ter Shtegendan sardorlikni olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bunga nemis posbonining uzoq davom etayotgan jarohati va uning jamoa ichidagi ayrim xatti-harakatlari sabab bo‘lgan.

Hozirda klub ichida sardorlikka da’vogar sifatida to‘rtta asosiy nomzod tilga olinmoqda: Ronald Arauxo, Frenki de Yong, Pedri hamda Rafinya. Aynan ushbu futbolchilar ter Shtegenning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilmoqda.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, sardorlik uchun yana bir nechta futbolchilar — Inaki Martines, Robert Levandovski, Ferran Torres va yosh iqtidor egasi Lamin Yamal ham nomzodlar safidan joy olgan.
Asosiy masala shundaki, bosh murabbiy Xansi-Diter Flik sardorni shaxsan o‘zi tanlaydimi yoki bu borada jamoa ichida ovoz berish o‘tkaziladimi — ayni paytda ushbu savol kun tartibida turibdi. Yakuniy qaror yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)