Singapurda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati bahslari nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qit’aning 14 davlati ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada O‘zbekiston vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni band etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Muattar Jo‘rayeva (Surxondaryo) blits va standart shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda keltirdi. Toshkent viloyati vakili Akjol Raxmatullayev blitsda kumush va standart shaxmatda bronza medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, Almas Raxmatullayev blitsda uchinchi o‘rinni band etdi.
Izoh (0)