Misrlik arxeologlar mamlakat janubidagi Asuan shahri atrofida Qadimgi Misrning so‘nggi davri (fir’avnlarning 26-sulolasi, miloddan avvalgi 664-525-yillar)ga oid olti maqbarani topishdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Misr qadimgi yodgorliklar va madaniy meros vaziri Mamduh ad-Damatiyning so‘zlariga ko‘ra, maqbaralar ichida sarkofag (qadimgi tosh tobut)lar va mo‘miyolangan jasadlar ham bor.
Har bir maqbara uch-to‘rt ichki inshootdan iborat, ularning har biriga tosh zinalar orqali tushib boriladi. Tosh tobutlar ichidan Qadimgi Misr xudolarining ganch va yog‘ochdan yasalgan haykalchalari ham chiqqan.
Qadimshunoslarning fikricha, mazkur topilmalar o‘sha uzoq davr madaniy manzarasini to‘ldirishga, xususan, qurilish texnologiyasining o‘ziga xosliklarini yanada kengroq ochishga yordam beradi.
Izoh (0)