Finlandiyaning Kotka shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Eurojackpot lotereyasida bosh sovrin – 23,3 million yevro miqdoridagi yutuq jamg‘armasini yutib oldi. Bu haqda Eurointegration.com.ua xabar bermoqda.
Lotereya chiptasini internet orqali sotib olgan omadli finning ismi hozircha ma’lum emas. Qayd etish joiz, bu Finlandiya tarixidagi eng katta ikkinchi yutuqdir. Avvalroq Finlandiya fuqarolaridan biri 29,5 million yevro yutib olgandi.
Umuman, lotereya tarixidagi eng yirik yutuqni Chexiya vakili qo‘lga kiritgan – 2015-yil aprelida u 90 million yevro egasiga aylangan edi.
Ma’lumot uchun, Eurojackpot lotereyasi Finlandiya, Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Sloveniya, Daniya, Estoniya, Norvegiya, Shvetsiya, Islandiya, Latviya, Litva va Xorvatiya kabi mamlakatlarni qamrab oladi.
Izoh (0)