Bundan ikki yarim yil avval 6 yoshli Kristian Makfilami sochlarini o‘stirishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Fit4Brain.
Sochlari sabab uni maktabda ko‘p kalaka qilishar va ko‘pincha qiz bola deb o‘ylashardi, biroq bu holatlar uning fikrini o‘zgartirishga sabab bo‘la olmadi.
Chunki bolakay sochlarini o‘stirib, 25 santimetrga yetgan tolalarni saratondan aziyat chekayotgan tengdoshlari uchun yasama-soch (parik) tayyorlash uchun ehson qilishdek qat’iy maqsadni o‘z oldiga qo‘ygandi.
Kristian qanday maqsad bilan sochlarini o‘stirayotganini bildirganidan so‘ng, ko‘pchilik undan uzr so‘radi.
Oradan ikki yarim yil o‘tib, bolakayning ota-onasi uning uzunligi 25 santimetr bo‘lgan sochlarini kesib, saratondan aziyat chekayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish markaziga ehson sifatida topshirdi.
Izoh (0)