Gana poytaxti Akkrada avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuzaga kelgan portlash natijasida 100 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi “News.tj”.
Qutqaruvchilar halok bo‘lganlarning jasadlarini shoxobchadan olib ketmoqda. Ammo mahalliy gospital bo‘sh joy qolmaganligi uchun jabrlangan va vafot etganlarni qabul qila olmasligini ma’lum qildi.
Akkrada uzoq vaqt sharros yomg‘ir yog‘di va mahalliy aholi bu ofatdan qutilish uchun yoqilg‘i quyish shoxobchasiga berkingandi. Jala qutqarish ishlariga ham xalaqit qilmoqda.
Ayni vaqtda shaharning 4 million aholisi elektr ta’minotisiz qolgan. Mamlakat prezidenti Jon Dramani Mahama voqea joyiga yetib kelgan.
Izoh (0)