NATO Bishkekda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, NATOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Aleksandr Vinnikovga asoslanib, Knews.kg xabar bermoqda.
“Hozirgi vaqtda bundan ikki yil avval bu yerda joriy etayotgan loyihalarimiz bo‘yicha yanada izchil va yaqindan ishlash maqsadida Toshkentda ochilgan NATO vakolatxonasining Bishkekdagi bo‘limini ochish imkoniyatlari haqida so‘z bormoqda”, - dedi Aleksandr Vinnikov.
NATOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur bo‘limni ochish haqidagi bitim Qirg‘iziston rahbariyati bilan 2011 yildayoq kelishib qo‘yilgandi.
“Men qandaydir o‘zgarishni sezganim yo‘q, chunki bugun vakolatxona ochish masalasi ko‘rilayotgani yo‘q. Bu kelajakda bo‘lishi mumkin. Vakolatxona qachon ochilishi aytish qiyin, chunki bu NATO bosh qarorgohiga qaroriga bog‘liq, u esa, o‘z navbatida, ko‘plab omillardan kelib chiqib qaror qabul qiladi”, - dedi Vinnikov, Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilganidan so‘ng munosabatlar sovuqlashgani sezilmoqdami, qabilida berilgan savolga.
NATO vakolatxonasi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, NATO va Qirg‘iziston o‘rtasidagi harbiy hamkorlikda pasayish sezilayotgani yo‘q, aksincha, bu borada Qirg‘iziston tomonidan faollik kuzatilmoqda.
Izoh (0)